27 iyu 08:00
Yangiliklar
Boks/MMA

Kikboks bo'yicha O'zbekiston chempionati qachon bo'lib o'tishi malum bo'ldi
Kikboks bo'yicha O'zbekiston chempionatining o'tkazilish sanasi va manzili tasdiqlandi.
Unga ko'ra, mamlakat chempionati bahslari 17-20 avgust kunlari oralig'ida poytaxtimizdagi “Universal” sport majmuasida bo'lib o'tadi. Musobaqaning so'nggi kuni professionallar o'rtasida ham janglar tashkil etiladi.
Malumot uchun, O'zbekiston chempionatida barcha viloyatlar hamda Toshkent shahrida kikboks ustalari ishtirok etishadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar