16 apr 09:57
Yangiliklar
Killian Mbappe - rekordchi!
Myunxenda "Bavariya"ga qarshi kechayotgan bahsning 42-daqiqasida franciyalik yulduz o'z jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi. Ushbu gol Mbappe uchun joriy ECHL mavsumidagi safar o'yinlarida kiritilgan 10-to'p bo'ldi.
Bu musobaqa tarixidagi (Evropa chempionlar kubogini ham hisobga olganda) mutlaq rekord hisoblanadi. Hali hech kim bir mavsum davomida raqib maydonlarida bunchalik ko'p gol urishni uddalamagan edi.
Hozirda Mbappening joriy mavsum ECHLdagi jami gollari soni 15 taga etdi. Turnir tarixida bir mavsumda faqatgina Krishtianu Ronaldu bundan ko'proq gol urishga muvaffaq bo'lgan.
Eslatib o'tamiz, "Real Madrid" va "Bavariya" o'rtasidagi uchrashuv davom etmoqda. Mbappe o'z rekordini yanada yangilash imkoniyatiga ega.

Fikrlar