01 iyu 12:57
Yangiliklar
Futbol

"Kim qolishni istamasa, xayr!". "Inter" sardori JCHni tark etganiga munosabat bildirdi
"Inter" sardori Lautaro Martines jamoaning klublar o'rtasidagi JCHdan chiqib ketganidan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
"Bu, albatta, qiyin. Biz borimizni berdik. Jamoa nomidan uzr so'rayman, biz bunday vaziyatga tushib qolishni istamagandik. Biz o'z oldimizga maqsadlar qo'yamiz va ularga erishish uchun kurashamiz.
Klubda qolishni va bu talablarga javob berishni istamaganlar jamoani tark etishlari kerak. Bugun menga yoqmagan narsalar ko'p edi. Sardor sifatida men jamoamiz uchun kurashni davom ettirishni istayman, bizda kuchli jamoa bor. Kim qolishni istamasa, xayr", - deya fikr bildirgan Lautaro.
Havola :
Fikrlar