27 may 17:03
Yangiliklar
Tennis
Kishinyov CHellenjeri. Fominni ilk davradayoq to'xtatishdi
Xabar berganimizdek, Moldovaning Kishinyov shahrida tennis bo'yicha ATP Challenger turniri o'tkazilyapti.
Mamlakatimizning birinchi raqamli raketka ustasi Sergey Fomin asosiy to'rning ilk davrasida dunyo reytingida 282-o'rinni band etib turgan hindistonlik Sumit Nagalga qarshi kortga chiqdi.
1 soat, 28 daqiqa davom etgan bahsda Nagal 6/4, 6/2 hisobida g'olib bo'ldi.
Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ikkinchi uchrashuvi edi. Ular o'rtasida bo'lib o'tgan 2023 yildagi ilk bahsda ham hindistonlik tennischining qo'li baland kelgandi.
Havola :
Manba : Olamsport.com
Fikrlar