So’nggi yangiliklar

18:30Эдсон Барбоза фаолиятини якунлади 0 17:53"Богданда босим бор эди". Маҳмуд Мурадов Гусковнинг Анкалаев билан жанги ҳақида гапирди 0 17:20Нурсултон Рўзибоевга мағлуб бўлган рус жангчисига янги рақиб берилди (ПОСТЕР) 0 16:43Расман: Диёр Имомхўжаев яна 4 йил ПФЛни бошқаради 0 16:14Мурат Гассиевнинг Баходир Жалолов билан жанг бўйича позицияси маълум бўлди 0 15:45Икки нафар ёш курашчимиз жаҳон чемпионатида совриндор бўлишди 0 15:18Қозоғистон ўзбекистонлик ММА жангчисини халқаро қидирувга берди 0 14:532026/27 йилги мавсумда дунёнинг энг қиммат 10 та футбол клуби номи маълум қилинди 0 14:19Энтони Жошуа - Тайсон Фьюри жанги қаерда ва қачон ўтказилиши айтилди 0 13:42Шон О`Мэлли танаффус олди: "Бир муддат кутиб тураман" 0 13:13Хамзат Чимаев UFC`га мурожаат қилди: "Нимани кутяпмиз?" 0 12:41"Ал Ҳилол" Англия терма жамоаси аъзосига 45 миллион фунт таклиф қилди 0 12:18Жо Роган Махачевга Йен Гэрри билан бўлган жангдан сўнг маслаҳат берди 0 11:43Кормье Нурмагомедовга: "Вақтни беҳуда сарфлашни бас қил" 0 11:17Пара академик эшкак эшувчиларимиз Жаҳон чемпионатида иштирок этади 0

21 may 10:19
Yangiliklar

Kurash, Tadbirlar

"Kitob chellenj" akciyasi estafetasini belbog'li kurash federaciyasi rahbari davom ettirdi

O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasi raisi Ravshan Dastirov o'zi taxsil olgan maktabga kitoblar sovg'a qildi

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan yurtimizda kitobxonlikka qaratilayotgan etibor yoshlarimizda mutolaa madaniyatining yuksalishiga xizmat qilayotgani ahamiyatlidir. 

Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan ushbu xayrli tashabbus tufayli endilikda mamlakatimizda rahbar-xodimlar, ziyolilar, ishchi xodimlar o'zlari o'qigan umumiy o'rta talim maktablariga kitoblar sovg'a qilishmoqda. 

Xususan, kecha 20 may kuni O'zbekiston milliy belbog'li kurash federaciyasi raisi, belbog'li kurash bo'yicha UWW (Butun dunyo kurashlar olami)ning xalqaro toifadagi hakami Ravshan Dastirov CHirchiq shahar, Iqbol mahalla fuqarolar yig'ini hududidagi o'zi o'qigan 18-umumiy o'rta talim maktabi kutubxonasiga o'zbek milliy hamda jahon adabiyoti namoyondalarining sara asarlaridan iborat kitoblar jamlanmasini sovg'a qildi. 

SHuningdek, R.Dastirov bolaligida boshlang'ich sinf o'qituvchisi bo'lgan Sabohat opa Normetova bilan ham ko'rishib, minnatdorchilik sifatida tashakkurnoma va guldasta  hadya etdi.    

- Biz maktabimizda bilim olib, keyinchalik jamiyatimizda, el orasida nafi tegadigan, elda ezoz topgan bitiruvchilarimiz bilan faxrlanamiz, - deydi maktab boshlang'ich sinf o'qituvchisi S.Normetova. - Maktabimiz kutubxonasiga jismoniy tarbiya va sportni, jumladan milliy sport turlarimizdan bo'lgan belbog'li kurashni mamlakatimizda ommalashtirib, jahonga keng quloch yozishida alohida hissa qo'shib kelayotgan, mening boshlang'ich sinfdagi eng faol alochi o'quvchim bo'lgan Ravshanjon Dastirovning bunday xayrli ishlaridan judayam mamnun bo'ldik. SHu maktabda o'qib, talim olib, elda obro' topgan o'quvchimning sara adabiyotlar sovg'a qilishi o'quvchilarimizning kitobga yanada mehr qo'yishi va shu orqali  tasavvur olami, dunyo qarashi kengayib, manaviyati shakllanishiga xizmat qiladi.

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing