14 apr 09:32
Yangiliklar

Klarissa SHilds tarixiy jangda mutloq jahon chempioniga aylandi
Oqshomning markaziy jangida amerikalik 24 yoshli Klarissa SHilds raqibi Kristina Xammerga qarshi ringga ko'tarildi. Ushbu bahs birlashtiruvchi chempionlik jangi maqomida bo'lgani uchun ham dunyo boks ommasining etiborini o'ziga torta olgandi.
Jangga qadar Xammer WBO, ikki karra Olimpiada chempioni Klarissa SHilds esa WBC, IBF va WBA chempionlik kamarlari sohibasi bo'lib turgandi. Jang yakunida uchchala hakam ham bir ovozdan - 98-92 hisobida Klarissaning g'alabasini taminlashdi.
SHu tariqa, Klarissa SHilds o'rta vazn toifasida mutloq jahon chempioniga aylandi. Unga shuningdek, The Ring chempionlik kamari ham topshirildi. Jang yakunlanishi bilan SHilds yarim o'rta vaznda mutloq jahon chempioni Sesiliya Brekxusga qarshi jang o'tkazish istagida ekanligini malum qildi.
Fikrlar