03 mar 10:27
Yangiliklar

Klaudio Raneri o'zgarishlar haqida fikr bildirdi
"Men hammani ogohlantirgandim: "Komo" bilan o'ynash tish shifokoriga borishga o'xshaydi. Biz juda ko'p kurashdik. O'yin davomida yigitlarda juda sekin harakat qilishayotganini aytdim. Yakunda ular bizga gol urishdi. SHundan so'ng biz o'yinga qaytdik.
O'zgarishlar? Murabbiy o'yinni ko'rgani uchun almashtirishlarni amalga oshiradi. Menda o'yinni o'zgartira oladigan futbolchilar borligini bilaman. "Komo" oxirgacha kurash olib boradigan jamoa. Nima o'zgardi? G'alaba ishonch bag'ishlaydi", — dedi "Roma" ustozi.
Eslatib o'tamiz, kecha "Roma" "Komo" ustidan irodali g'alabaga (2:1) erishgandi. Boshlang'ich tarkibda maydonga tushgan "Roma"ning fevral oyidagi eng yaxshi futbolchisi tanaffusda Dobvikka almashtirilgandi. Aynan Dobvik g'alaba to'pini kiritgan edi.
Fikrlar