15 fev 18:37
Yangiliklar
Qishki sport turlari, Milan-Kortina-2026
Klebo to'qqiz karra Olimpiya chempioniga aylandi
29 yoshli norvegiyalik chang'ichi Yoxannes Klebo to'qqiz karra Olimpiya chempioni bo'ldi.
U Italiyada bo'lib o'tayotgan Olimpiya o'yinlarida Norvegiya estafeta terma jamoasi tarkibida to'qqizinchi oltin medalini qo'lga kiritdi.
Klebo beshta individual oltin medal va to'rtta jamoaviy musobaqada oltin medalga ega bo'lib turibdi. Estafeta oltinidan tashqari, Klebo joriy Olimpiadada skiatlon, individual sprint va individual vaqt sinovida oltin medalni qo'lga kiritdi.
Muksobaqa 22 fevralgacha bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar