02 okt 09:10
Yangiliklar

Kleverli Bremerning WBA kamarini tortib oldi
Oqshomning markaziy jangi uelslik 29 yoshli Natan Kleverli hamda yarim og'ir vazn toifasida WBA yo'nalishi chempioni germaniyalik 37 yoshli Yurgen Bremer o'rtasida bo'lib o'tdi.
Ettinchi raund boshlanishi arafasida Bremer jarohat sabab jangni davom ettira olmasligini malum qildi. Bu esa Kleverlini jahon chempioniga aylantirdi.
WBA Regular chempioniga aylangan Natan endi WBA Super yo'nalishi chempioni rossiyalik Sergey Kovalevning chempionlik kamariga ham rasmiy davogarga aylandi. Kovalev 19 noyabr kuni Andre Uordga qarshi ringga ko'tariladi.
Etiborga molik jihati shundaki, Kleverli va Kovalev 2013 yilning avgust oyida o'zaro to'qnash kelishgandi. O'shanda Kovalev Natanni to'rtinchi raundda nokautga uchratib, WBO chempionlik kamarini tortib olgan edi.
Fikrlar