13 avg 13:05
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/17422_220.jpg)
Kleverli-Jek jangi g'olibini Bivol kutmoqda
Butunjahon boks associaciyasi yarimog'ir vaznda jahon chempioni Natan Kleverliga sobiq jahon chempioni Badu Jekka qarshi jang o'tkazishga ruxsat berdi.
Bu jang 26 avgust kuni AQSHda bo'lib o'tadi. Faqat mazkur jang g'olibi WBA chempionlik kamariga rasmiy davogar rossiyalik Dmitriy Bivol bilan jang o'tkazishi shart bo'ladi.
Iyul oyining
oxirlarida WBA tashkiloti Kleverlidan aynan Bivolga qarshi majburiy chempionlik
himoya jangini o'tkazishni talab qilgandi. Ammo, hozir britaniyalik bokschiga o'rtada
ixtiyoriy jang o'tkazish uchun imkoniyat berildi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar