29 iyu 09:05
Yangiliklar
Boks/MMA

Klichko - Joshua bahsi “Yilning eng yaxshi jangi” deb topildi
Professional boksning superog'ir vazn toifasida WBA (Super), IBO hamda IBF yo'nalishlari chempioni britaniyalik Entoni Joshua hamda sobiq jahon chempioni ukrainalik Vladimir Klichko o'rtasidagi jang “Yilning eng yaxshi jangi” deb topildi.
Dunyoga mashhur Boxingnews24.com
sayti o'tkazgan so'rovda aynan shu jang eng ko'p ovozga ega bo'ldi. 29 aprel kuni
Londondagi “Uembli” stadionida o'tgan jangda Joshua Klichkoni texnik nokautga uchratgan
edi.
SHuningdek, Entoni Joshua
“Yil bokschisi” nominaciyasida ham g'olib deb topildi. Yil nokauti sifatida Mayki
Garsiya Deyan Zlatichanin ustidan qozongan g'alabasi etirof etildi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar