10 noy 13:30
Yangiliklar

Klichko: "Joshua bilan revanshdan meni soniyalar ajratib turgandi"
"Qarorni elon qilgunimcha ikki hil scenariy asosidagi videomurojatlarni tayyorlab qo'ygandim. Ulardan birida Entoni Joshuaga qarshi revanshni elon qilganman, ikkinchisida esa faoliyatimni yakunlashimni malum qilganman. So'nggi daqiqalargacha ijtimoiy tarmoqqa qaysi videoni joylashtirish haqida bosh qotirdim.
Bu mening hayotimdagi eng eng eng qiyin tanlov edi. Lekin, hozir baxtliman. Men balki mantiqsiz ish tutgandirman, lekin mening qarorim edi.
Sportchi sifatida o'yladim: Menda barcha narsa bor. Eng zo'r ekanligimni bilaman.
Men 41 yoshdaman va dunyodagi eng aqlli odam emasman. Lekin, boy tajribaga egaman. Aynan shu narsa men elon qilgan qarorga sabab bo'ldi", - deydi Klichkolarning kichigi.
Fikrlar