18 apr 15:00
Yangiliklar
Boks/MMA

Klichko: "Joshua bilan sparringimiz unga ham, menga ham foyda bo'ladi"
Sobiq jahon chempioni Vladimir Klichko IBF yo'nalishi chempioni Entoni Joshua bilan bir necha yil oldin bo'lib o'tgan sparring jangi haqida gapirib o'tdi.
"Bu ikkala tomon uchun ham foyda beradi. Biz ringda sparringda ishlaganmiz. Unda mening mashg'ulotlarimni kuzatish imkoniyati bo'lgan. SHuningdek, u London Olimpiadasida oltin medalni qo'lga kiritganida men zalda uning harakatlarini kuzatganman. Olimpiada chempioni bo'lgan xar bir bokschini muvaffaqiyatli sportchi deyish mumkin", - deydi ukrainalik bokschi.
Eslatib o'tamiz, Klichko - Joshua jangi 29 aprel kuni "UzReport" telekanali orqali to'g'ridan-to'g'ri namoyish etiladi.
Havola :
Manba : Boxingscene
Fikrlar