02 fev 08:30
Yangiliklar
Boks/MMA

Klichko - Joshua jangi uchun 90 000 chipta sotildi
Professional boksning superog'ir vazn toifasida IBF yo'nalishi chempioni britaniyalik Entoni Joshua o'z kamarini sobiq mutloq jahon chempioni ukrainalik Vladimir Klichkodan himoya qiladi.
Avval xabar berganimizdek, ushbu chempionlik jangi London shahridagi muhtasham “Uembli” stadionida o'tkaziladi. Mazkur jang uchun chiqarilgan 90 000 chipta sotib bo'lingani tashkilotchilar tomonidan malum qilindi.
Bu “Uembli” stadioni uchun boks janglari tarixida muxlislar tashrifi bo'yicha rekord ko'rsatkichga aylandi. Entoni Joshua va Vladimir Klichko o'rtasidagi jang 29 aprel kuni bo'lib o'tadi.
Eslatib o'tamiz, kecha bokschilar AQSHning Nyu-York shahrida tashkil etilgan matbuot anjumanida ishtirok etib, jurnalistlarni qiziqtirgan barcha savollarga javob qaytarishdi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar