25 may 08:30
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/13250_220.jpg)
Klichko - Joshua. Revansh jangi kuzda o'tkaziladi
Britaniyalik promouter Eddi Xirn Entoni Joshua hamda Vladimir Klichko o'rtasidagi revansh jangi shu yilning kuzida o'tkazilishini tasdiqladi.
Xirn superog'ir vazn toifasida ikki yo'nalish chempioni bo'lib turgan Joshuaning promouteri hisoblanadi.
“O'tgan hafta IBF tashkilotining Konvenciyasi bo'lib o'tdi. Unda biz tashkilotdan Klichkoga qarshi revansh jangi o'tkazishga ruxsat berishlarini so'radik.
Biz chindan ham Joshuaning keyingi jangi Klichkoga qarshi o'tkazilishi tarafdorimiz. Bir necha hafta ichida biz jang manzili va sanasi haqida malumot beramiz”, - dedi Xirn.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar