29 iyu 10:20
Yangiliklar
Boks/MMA

Klichko - Joshua revansh jangi noyabrdagi “to'qnashuvlar” ro'yxatida
Dunyoga mashhur boxrec internet sayti Vladimir Klichko va Entoni Joshua o'rtasidagi revansh jangini noyabr oyida o'tkaziladigan janglar ro'yxatiga kiritdi.
Sayt taxminiga ko'ra, Joshuaga tegishli WBA, IBF va IBO chempionlik kamarlari uchun kechadigan jang 11 noyabr kuni AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahridagi T-Mobile arenasida bo'lib o'tadi.
Takidlash kerak,
avvalroq britaniyalik bokschining promouteri Eddi Xirn ham revansh jangining kuz
oylarining birida aynan Las-Vegas shahrida o'tkazilishini malum qilgandi.
Havola :
Fikrlar