11 noy 09:44
Yangiliklar
Boks/MMA

Klichko ringga qaytish imkoniyati haqida gapirdi
Ukrainalik professional boks yulduzi Vladimir Klichko o'z atrofida bo'layotgan gap-so'zlarga yakuniy munosabatini bildirdi.
Gap shundaki, matbuotda superog'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Vladimir Klichkoning faoliyatini qayta tiklashi va tez orada ringga qaytishi mumkinligi haqidagi xabarlar tarqalgandi.
“Turli gap-so'zlar, mish-mishlarga chek qo'yadigan fursat etib keldi. Men boksga qaytish haqida umuman o'ylayotganim yo'q. Hozir bor etiborimni o'quv kurslaridagi faoliyatimga qaratganman”, - dedi Klichko o'zining Instagram tarmog'idagi sahifasida.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar