03 may 09:45
Yangiliklar
Boks/MMA

Klichko The Ring reytingida 1-o'rinni Joshuaga bo'shatib berdi
Dunyoga mashhur The Ring jurnali professional boksning superog'ir vazn toifasi yangi reyting jadvalini elon qildi.
SHanba oqshomida chempion Entoni Joshuaga yutqazib qo'ygan ukrainalik Vladimir Klichko peshqadamlikni aynan britaniyalik bokschiga topshirdi. O'zi esa 1-o'rindan 3-pog'onaga pastladi.
Entoni Joshua WBA, IBF hamda IBO chempionlik kamarlari sohibi hisoblanadi. Ikkinchi pog'onadan WBC yo'nalishi chempioni amerikalik Deontey Uaylder joy olgan.
Superog'ir vazn toifasi reytingi (The Ring):
1. Entoni Joshua (Buyuk Britaniya)
2. Deontey Uaylder (AQSH)
3. Vladimir Klichko (Ukraina)
4. Kubrat Pulev (Bolgariya)
5. Luis Ortis (Kuba)
6. Jozef Parker (Yangi Zelandiya)
7. Endi Ruis (Meksika)
8. Dillian Uayt (Buyuk Britaniya)
9. Dominik Brizil (AQSH)
10. Jarrell Miller (AQSH)
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar