05 mar 19:03
Yangiliklar
Boks/MMA

Klichko va Lomachenko “O'n yillik bokschisi” bo'lishga davogar
BoxingScene va Sporting News nashrlari ukrainalik bokschilardan birini so'nggi 10 yillikning eng yaxshi bokschisi deb topishi kutilmoqda.
Vladimir Klichko va Vasiliy Lomachenko “O'n yillik bokschisi” nominaciyasida asosiy davogarlar sifatida etirof etilgan. Klichko 2010-2017 yillar oralig'ida 13ta jang o'tkazib, ularning 11tasida g'alaba qozondi. Ikkita jangda mag'lubiyatga uchradi.
Nashr talqiniga ko'ra, Klichkoning eng yorqin janglari Sem Piter, Devid Xey, Toni Tompson, Aleksandr Povetkin va Kubrat Pulevga qarshi bo'lib o'tgan.
Lomachenko esa 2014 yilda o'zining professional boksdagi ikkinchi jangidayoq jahon chempionlik kamarini qo'lga kiritdi. Bu boks tarixidagi eng tez chempionlik sifatida qayd etilgan. Uning yagona mag'lubiyati Orlando Salidodan qabul qilingan.
Havola :
Manba : iSport
Fikrlar