23 noy 12:55
Yangiliklar

Klichko XOQdan havaskor boksni WBAga berishni so'radi
Ukrainalik mashhur bokschining aytishicha, Xalqaro olimpiya qo'mitasi charm qo'lqop ustalariga Olimpiada licenziyasi, yani yo'llanmasini Butunjahon boks associaciyasi (WBA) taqdim etishi lozim.
“Bugunga kelib havaskor boks Olimpiya o'yinlari dasturidan chiqarib tashlash xavfi ostida turibdi. Bunday bo'lmasligi uchun tarixiy o'zgarishlarni amalga oshirish lozim. Tajribali bokschi sifatida Tokio Olimpiadasining boks musobaqasida qatnashish huquqini beruvchi yo'llanmalarni WBA tashkiloti taqdim etishini taklif qilaman”, - dedi Klichko.
Xalqaro olimpiya qo'mitasi korrupcion janjal va noxolis hakamlik sababli boks musobaqasini Olimpiya o'yinlari dasturidan chiqarishga urinmoqda. Bir haftadan so'ng Tokio shahrida Xalqaro olimpiya qo'mitasining Ijroqo'm yig'ilishi bo'lib o'tadi. Unda aynan boks masalasi ham kun tartibida bo'ladi.
Fikrlar