21 noy 12:34
Yangiliklar
Boks/MMA

Klichkoning murabbiyi shon-shuhrat Zaliga kiritiladi
Ukrainalik boks afsonasi Vladimir Klichkoning murabbiyi Emanuel Styuard AQSH boks Associaciyasining shon-shuhrat Zaliga qabul qilinadi.
Bu malumotni tashkilot direktori Kris Kugilari ham tasliqladi.
“Emanuel Styuard ko'plab bokschilarning hayoti va faoliyatiga tasir o'tkaza olgan murabbiy. Ha, u bunday sharafga munosib inson. Biz tashkilotning barcha azolari bir ovozdan Styuardning nomzodini qo'llab-quvvatladik va endi rasmiy marosimni sabrsizlik bilan kutyapmiz”, - dedi Kuligari.
Malumot uchun, Styuard murabbiyligida Vladimir Klichko WBA, WBO, IBF hamda IBO chempionlik kamarlarini qo'lga kiritdi. Bu murabbiy britaniyalik afsona Lennoks Lyuisga ham ustozlik qilgan.
Havola :
Fikrlar