31 jan 13:07
Yangiliklar
Boks/MMA

Klichkoning shifokori: Tashxisni oshkor qilishga haqqim yo'q!
Ukrainalik mashhur bokschi, Kiev meri Vitaliy Klichko 28 yanvar kuni Avstriyadagi gospitallarning biriga joylashtirilgandi.
Avstriyalik taniqli ortoped-travmatolog Robert Ziorpaes to'ng'ich Klichkoning sog'lig'i haqida malumot berdi.
“Ayni paytda Vitaliy Sankt-Iogann-in-Tiroldagi kasalxonada. Ochig'ini aytsam, men Klichkoning salomatligi, unga qo'yilgan tashxis bo'yicha malumot berishga haqqim yo'q. Lekin muxlislarning sarosimaga tushmasliklari uchun bir narsani aytishim mumkin: U o'zini yaxshi xis qilyapti. Malum muddat kuchli yuklamalardan holi bo'lishi kerak”, - dedi shifokor.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar