12 fev 07:55
Yangiliklar
Tennis
Kluj-Napoka. Plishkova to'rt yillik tanaffusdan so'ng ilk bor sovrin yutdi
Kluj-Napoka shahrida WTA musobaqasi yakunlandi.
Hal qiluvchi bahsda sayyoramizning 78-raqamli tennischisi Karolina Plishkova Ruminiya vakilasi Anna Bogdanga qarshi kortga chiqdi. 1 soat 26 daqiqa davom etgan bahsda chexiyalik tennischisi raqibasini 6:4, 6:3 hisoblarida taslim etdi va 2020 yildan beri ilk bor chempionlikni qo'lga kiritdi.
Kluj-Napokadagi g'alaba orqali 31 yoshli tennischi 250 reyting ochkosi va 35 ming dollar pul ishlab oldi.
Havola :
Manba : gotennis.ru
Fikrlar