06 may 08:05
Yangiliklar
Boks/MMA

Kolbi Kovington: Makgregor - shunchaki masxaraboz!
Sobiq vaqtinchalik UFC chempioni Kolbi Kovington Konor Makgregorning yarim o'rta vaznda chempionlik jangi berilishi haqidagi gaplarini jiddiy qabul qilmaganini takidladi.
"Men Makgregorning gaplarini eshitdim. Menimcha, u shunchaki xayp ko'tarmoqchi. Yigitlar, uni yaqindagina Pore nokautga uchratdi. SHundan keyin ham u yarim o'rta vaznda chempionlik jangi so'rayaptimi? Jiddiy aytyapsizlarmi?
Konor bu vaznda hech qachon jang qilmasligini hamma bilib turibdi. U shunchaki etiborni o'ziga tortmoqchi. Makgregor - shunchaki masxaraboz! Hatto, uning muxlislari ham vaziyatni tushunib turishibdi. U bir dunyo pul to'pladi va mashq qilishga qiziqishi qolmadi. Makgregor tugab bo'lgan", - dedi Kovington.
Havola :
Manba : bjpenn.com
Fikrlar