20 dek 19:11
Yangiliklar

Kolbi Kovington murabbiyi uchun o'ch olishga ont ichdi
Amerikalik aralash yakkakurash ustasi yilning so'nggi UFC turniri markaziy jangida hamyurti Xoakin Bakliga imkoniyatni boy berib qo'ygan edi. Jangning uchinchi raundida referi Den Miragliott oktagonga shifokorni taklif qilgan, u esa Kolbining jarohati jiddiy ekanini aytib, bahsni to'xtatishga tavsiya bergandi.
Kovington uzoq tanaffus olish istagida emas, u keyingi jangini braziliyalik Gilbert Bernsga qarshi o'tkazmoqchi ekanini aytmoqda. Kolbi bejizga Bernsni tanlamayapti. Yaqinda Gilbert ijtimoiy tarmoqda Kovingtonning murabbiyi CHel Sonnenning telefon raqamini tarqatib yuborgandi.
"Bu jirkanch va kechirib bo'lmas xatti-harakat. Endi murabbiyga duch kelgan odam qo'ng'iroq qilib, qo'pol gaplar bilan bosim o'tkazyapti. Bu xavfsizlik muammosi. Gilbert, nima qilib qo'yganingni bilasanmi? Men seni bu ishing uchun jazolayman. Men CHel amakimga seni taziringni berib qo'yishimni aytdim. Tez orada oktagonda uchrashamiz, ahmoq", - dedi Kovington.
Fikrlar