24 may 17:27
Yangiliklar
Tennis
Kollinz 23 ta uchrashuvda 21 tasida g'alaba qozondi, u Top-10`ga qaytadi
Dunyoning 12-raketkasi Daniel Kollinz Franciyaning Strasburg shahrida o'tkazilayotgan WTA turnirining 1/2 finaliga yo'l oldi.
Amerikalik tennis malikasi o'tkazilgan so'nggi 23 uchrashuvining 21 tasida g'alaba qozondi. U yangilangan reytingda Top-10`ga qaytadi. Kollinz 1/4 finalda WTA reytingida 43-pog'onadan joy olgan franciyalik Klara Byurelni ortiqcha qiyinchiliksiz mag'lub etdi - 6/1, 6/3.
Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi edi. Oltmish to'rt daqiqa davom etgan bahsda Kollinz eys zarbasini amalga oshira olmadi. Byurelda bu ko'rsatkich 3 tani tashkil qildi. Ikkala tennischi ham 3 tadan majburiy bo'lmagan qo'shxatoga yo'l qo'ygan. Breyklar tabiiyki, g'olib tennischida ko'p bo'ldi - 5 ga 1!
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar