25 may 14:22
Yangiliklar
Tennis
Kollinz Strasburg turniri bosh sovrini uchun kortga chiqadi
Franciyaning Strasburg shahrida o'tkazilayotgan tennis bo'yicha WTA turnirida final ishtirokchilari malum bo'ldi.
Dunyoning 12-raketkasi bo'lib turgan Daniel Kollinz 1/2 finalda WTA reytingida 43-pog'onadan joy olgan ukrainalik Angelina Kalininani mag'lubiyatga uchratdi - 7/6(3), 6/2. Bu bilan amerikalik tennis malikasi o'zaro uchrashuvlardagi muvozanatni ham tiklab qo'ydi - 2:2.
99 daqiqalik uchrashuv statistikasi:
Daniel Kollinz - 2 ta eys, 2 ta qo'shxato, 4 ta breyk
Angelina Kalinina - 2 ta eys, 3 ta qo'shxato, 2 ta breyk
Malumot uchun, Kollinz so'nggi o'tkazgan 24 ta uchrashuvining 22 tasida g'alaba qozongan. Endi u bosh sovrin uchun vatandoshi Medison Kizga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar