01 apr 18:27
Yangiliklar
Boks/MMA

Komada bo'lgan Stivenson 4 oy deganda uyiga qaytdi
Professional boksning yarim og'ir vazn toifasida sobiq WBC chempioni Adonis Stivenson 4 oy deganda o'z uyiga qaytdi.
Kecha sobiq jahon chempioni reabilitaciya markazidan uyiga kelgan. Kanadalik bokschi Aleksandr Gvozdik bilan jangda nokautga uchragan va shundan so'ng koma holatiga tushib qolgan edi.
Adonis dekabr oyidan beri xushsiz yotgandi. Promouter Ivon Mishelning aytishicha, Stivenson dam olish kunlarini uyida, haftaning qolgan kunlarni esa reabilitaciya markazida o'tkazadi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar