11 may 09:56
Yangiliklar
Futbol
Komanga Angliyaning top-klublari qiziqish bildirmoqda, ammo francuz "Bavariya"da qolmoqchi
Yarim himoyachi Kingsli Koman "Bavariya"da qolishni xohlamoqda.
Myunxen klubi franciyalik futbolchi bilan shartnomani uzaytirish borasida muzokaralarni boshladi. Komanga ingliz top-klublari qiziqish bildirmoqda, ammo yarim himoyachining o'zi "Bavariya" bilan shartnomani uzaytirishni xohlaydi.
24 yoshli franciyalik futbolchi joriy mavsum myunxenliklar safida barcha musobaqalarda 37ta o'yinda maydonga tushib, 7ta gol va 13ta assist qayd etdi.
Komanning "Bavariya" bilan tuzgan shartnomasi 2023 yilning 30 iyunga qadar mo'ljallangan, uning transfer narxi transfermarkt tomonidan 65 million evroga baholanmoqda. Koman 2015 yildan beri "Bavariya"da o'ynaydi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar