24 mar 20:29
Yangiliklar
Boks/MMA

Konkabaev-Jo'raev jangi chempionlik kamari uchun bo'ladimi?
Qozog'istonlik og'ir vaznli bokschi Kamshibek Konkabaev (4-0, 3 KO) ertaga chempionlik jangi o'rniga reyting jangini o'tkazadigan ko'rinadi.
Aslida, Konkabaev JAR vakili Jonni Myuller (23-9-2, 14 KO)ga qarshi WBA Gold kamarini himoya qilishi kerak edi, biroq JAR vakili jarohat oldi. Endilikda Kamshibekka O'zbekistonlik Farrux Jo'raev (6-5-1, 2 KO) raqiblik qiladi.
SHunday qilib, jangning titul uchun o'tkazilishi haqidagi eslatma afishalardan olib tashlandi. Qolaversa, vazn o'lchash marosimida ham kamar yo'q edi. SHunga qaramasdan, Konkabaev — Jo'raev jangi kechaning asosiy voqeligi bo'ladi.
Havola :
Manba : sports.kz
Fikrlar