29 okt 10:52
Yangiliklar
Boks/MMA

Konor Dias Masvidal jangida kim g'olib bo'lishini aytdi
Irlandiyalik UFC jangchisi Konor Makgregor Neyt Dias va Xorxe Masvidal o'rtasidagi jangda kim g'olib bo'lishi borasidagi savolga javob berdi.
“Menimcha, Dias jangda g'alaba qozonadi, sababi uning ulkan tajribasi bor. Masvidal hozirda ajoyib formada, lekin Dias ancha kuchli va men uning g'alabasiga ishonaman”,-dedi Konor.
Eslatib o'tamiz, Dias - Masvidal jangi 2 noyabr kuni bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar