17 noy 13:05
Yangiliklar
Boks/MMA

Konor Makgregor: “$100 million evaziga Meyvezer bilan jangga tayyorman”
Aralash qoidalar bo'yicha ikki vazn toifasida UFC chempioni Konor Makgregor 5ta vazn toifasida sobiq jahon chempioni Floyd Meyvezer bilan boks jangida ringga chiqishga tayyor ekanligini malum qildi.
Faqat buning o'ziga yarasha shartlari bo'lishini ham qo'shimcha qildi.
“Floyd bunga tayyor emas. Men uni juda ham hurmat qilaman. U pul topishni yaxshi biladigan tadbirkor. Bu borada unga tan beraman. Lekin u men bilan UFCyo'nalishida jang qilishdan qo'rqadi. Mayli, men u bilan boks ringida jang o'tkazaman. Faqat 100 mln dollar kafolatlangan gonorar evaziga”, - dedi Makgregor.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar