11 okt 14:25
Yangiliklar
Boks/MMA

Konor Makgregor 150 ming dollar jarima to'laydi
Aralash qoidalar qiroli Konor Makgregor jarimaga tortildi.
Kecha AQSHning Las-Vegas shahrida Nevada shtati Sport qo'mitasining yig'ilishi bo'lib o'tdi. Unda bir qator masalalar ko'rib chiqildi. Ular orasida Konor Makgregorning Neyt Diasga qarshi o'tkazgan jangi oldidan tashkil etilgan matbuot anjumanidagi xatti-harakati ham muhokama qilindi.
O'shanda Konor raqibiga suv to'la idishni uloqtirgandi. Komissiya qaroriga ko'ra Makgregor umumiy gonorari (3 mln.)ning 5 foizi miqdorida jarima to'llaydi. 150 ming dollar jarimadan tashqari, Konor 50 soatlik jamoat ishlariga ham mahkum etiladi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar