04 fev 07:59
Yangiliklar

Konor Makgregor Braziliyada jang o'tkazmoqchi
Irlandiyalik aralash qoidalar jangchisi kecha aynan Braziliyada tashkil etilgan UFC Fight Night 144 turnirini bevosita arenadan kuzatib bordi.
“Braziliyadagi bugungi UFC turnirida ajoyib muhitga guvoh bo'ldim. Faoliyatimning malum bir qismidagi janglardan birini bajoonidil aynan Rioda, mana shunday qaynoq qalbli muxlislar ko'z o'ngida o'tkazaman.
O'zi aslida o'tgan yili Rio-de-Janeyroda jang o'tkazish uchun imkoniyat yuzaga kelgandi. Kelasi safar bu imkoniyatni qo'ldan chiqarmayman”, - dedi Konor.
Malumot uchun, o'tgan yili Konor Makgregor va Rafael dos Anos o'rtasida yarim o'rta vazn toifasi chempionlik kamari uchun jang aynan Braziliyada o'tkazilishi kerak edi. Lekin Konorning Xabib va uning jamoadoshlari joy olgan avtobusga hujum uyushtirishi natijasida jang bekor qilingandi.
Fikrlar