27 sen 16:23
Yangiliklar
Boks/MMA

Konor Makgregor deyarli bir million dollar zarar qildi
Ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni Konor Makgregorga tegishli McGregor Sports and Entertainment Ltd kompaniya 726 940 dollar zarar ko'rdi.
Audit hisob-kitoblariga ko'ra kompaniyaning so'nggi bir yilda ko'rgan zarari 338 709 dollarga etgan. Ushbu sumaning 230 560 dollari maoshlarga sarflangan. Kompaniyani Konorning rafiqasi Di Devlin boshqaradi.
2014 yilda tashkil etilgan kompaniya sport menejmenti, promoushen hamda reklama bilan shug'ullanadi. Ayni paytda ushbu kompaniya Evropadagi McGregor IP BV kompaniyasi bilan "Conor McGregor" savdo markasi uchun sudlashmoqda.
Malumot uchun, Konor Makgregorning 2019 yildagi daromadi Forbes tomonidan 47 million dollarga baholangan edi. Mazkur summaning 30 million dollari Xabib Nurmagomedovga qarshi kechgan jangdan ishlab topilgan.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar