31 avg 15:16
Yangiliklar
Boks/MMA

Konor MakGregor: "Dias men bilan jang qilishi uchun vaznini kamaytirishi kerak"
Engil vazn toifasida UFC chempioni hisoblanadigan Konor MakGregor Neyt Dias uchinchi jangni o'tkazish uchun engil vaznga qaytishi kerakligini aytib o'tdi.
"Bizning birinchi jangimiz 77 kg vazn toifasida o'tgandi va u o'shanda meni mag'lub etgandi. Revansh ham shu vaznda bo'lgan. Ikkinchi jangda men g'alaba qozonganman. Endi esa men engil vazn (70,3kg) chempioniman. Agar u uchinchi jangni o'tkazmoqchi bo'lsa vaznini kamaytirishi kerak.
Bu adolattan bo'lardi. Men revanshni ham o'sha vaznda o'tkazganman va vazn o'zgartirishni so'ramaganman. SHunday qilsam haqqoniy bo'ladi deb o'ylaganman va yakunda g'alaba qozona olganman. Keyin esa engil vaznda chempion bo'ldim. Agar u jang qilmoqchi bo'lsa engil vaznli sportchiga aylanishi kerak", - deydi MakGregor.
Havola :
Manba : Bloodyelbow
Fikrlar