15 may 18:31
Yangiliklar
Boks/MMA

Konor Makgregor: "Hayotim bilan qasam ichaman, revanshda uni yo'q qilaman!"
Ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni Konor Makgregor hali hamon amerikalik engilmas bokschi Floyd Meyvezerga qarshi revansh jangidan umidini uzgani yo'q.
Xabaringiz bor, 2017 yilning avgustida 50 ta jangning 50 tasida g'alaba qozongan Floyd boks qoidalari asosida tashkil etilgan jangda Konor Makgregorni mag'lubiyatga uchratgan edi. Yaqinda Mayk Tayson aynan o'sha jangni eslab, irlandiyalikni maqtagandi.
"Rahmat, Mayk. Men Floydning jang uslubini allaqachon yodlab olganman. Hayotim bilan qasam ichamanki, revansh jangida Meyvezerni yakson qilaman", - dedi Makgregor.
Havola :
Fikrlar