14 noy 10:55
Yangiliklar
Boks/MMA

Konor Makgregor: “Ikkala vazndagi raqiblarimni ham birma-bir mag'lub etaman”
Xabar berganimizdek, kecha AQSHning Nyu-York shahrida aralash qoidalar bo'yicha UFC 205 turniri bo'lib o'tgandi.
Oqshomning markaziy jangi engil vazn toifasi chempionlik kamari uchun kechgan va unda yarim o'rta vazn toifasida jahon chempioni irlandiyalik Konor Makgregor engil vaznda jahon chempioni Eddi Alvaresga qarshi jang o'tkazgandi.
Jangning ikkinchi raundida raqibini nokautga uchratgan Konor Makgregor UFC tarixida ikki vazn toifasida jahon chempionligini qo'lga kiritgan ilk jangchiga aylangandi.
“Men ikkala vazn toifasida ham o'z chempionlik kamarlarimni himoya qilishga tayyorman. Raqibning menga farqi yo'q. Birin-ketin ikki vazndagi raqiblarimni mag'lub etaman”, - degan Konor.
Malumotlarga qaraganda, Konorning keyingi raqibi rossiyalik mashhur jangchi Xabib Nurmagamedov bo'ladi.
Havola :
Fikrlar