17 noy 09:12
Yangiliklar
Boks/MMA

Konor Makgregor: “Meyvezer chumoli ekanligimni yuzimga aytib ko'rsin”
Kuni kecha beshta vazn toifasida sobiq jahon chempioni amerikalik Floyd Meyvezer aralash qoidalar bo'yicha ikki vaznda hozircha yagona UFC chempioni Konor Makgregorni chumoliga, o'zini esa filga qiyoslagandi.
Irlandiyalik sportchi bunga o'zining qisqagina, lekin manoli javobini berdi.
“Floyd bu gapini, yani chumoliga o'xshashimni yuzimga aytib ko'rsin”, - dedi Konor.
Eslatib o'tamiz, Konor Makgregor 12 noyabr kuni engil vazn toifasida jahon chempioni Alvaresni mag'lubiyatga uchratib, ikki karra UFC chempioni bo'lgan ilk jangchiga aylangan edi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar