18 mar 17:50
Yangiliklar
Boks/MMA

Konor Makgregor: “Meyvezerni nokautga uchrataman, shunda hamma jim bo'ladi”
Aralash qoidalar bo'yicha ikki vazn toifasida yagona jahon chempioni irlandiyalik Konor Makgregor jiddiy chiqish qildi.
Makgregor afsonaviy bokschi, faoliyatini mag'lubiyatsiz yakunlagan amerikalik Floyd Meyvezerni nokautga uchratib, uning tarafdorlariga munosib javob bermoqchi.
“Ringga ko'tarilgan paytim butun dunyoni shok holatiga solib qo'yaman. Hozir 28 yoshdaman va ayni kuchga to'lgan vaqtim. Ikkala qo'limda ham bir xilda zarba bera olaman.
Ishoning, men Floydni nokautga uchrataman. Bu bilan Meyvezerning tarafdorlariga munosib javob beraman. SHunda menga ishonmaganlar jimib qolishadi”, - dedi Makregor.
Malumotlarga ko'ra, Konor Makgregor va Floyd Meyvezer
o'rtasidagi boks qoidalariga asoslangan jang 10 iyun kuni AQSHning Nevada shtati
Las-Vegas shahridagi “Ti-Mobayl Arena”da bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar