06 avg 10:46
Yangiliklar
Konor Makgregor muvaffaqiyatli operaciya qilindi
Bu haqda u ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasi orqali muxlislariga malum qildi. Irlandiyalik sobiq ikki vazn chempioni o'sha jangning ilk soniyalaridayoq tizzasidan jarohat olgan edi.
"Operaciya alo darajada o'tdi. Men ishonch bilan aytamanki, hammasi joyida", – deb yozdi Konor.
Birinchi raundning boshidayoq Makgregor amerikalik raqibiga sakrab zarba bermoqchi bo'ldi, biroq noqulay tushish oqibatida tizzasidagi oldingi xochsimon bog'lamlari uzilib, meniskini shikastlab olgandi.
Irlandiyalikning so'zlariga ko'ra, u bir yildan so'ng oktagonga qaytishni va UFC bilan amaldagi shartnomasi doirasidagi so'nggi jangida Xollouey bilan principial trilogiyani yakunlashni rejalashtirmoqda. SHu bilan birga, Makgregor yiqilishiga quruq muz sabab bo'lganini, u tufayli oktagon qoplamasi (kanvas) namlanib qolganini takidladi. SHu bois, u o'zining texnik nokaut bilan mag'lubiyatini bekor qilib, jangni o'tkazilmagan deb topish kerakligini davo qilmoqda.
Konor Makgregorning oktagonga omadsiz qaytishi Dastin Pore bilan trilogiyaning so'nggi jangida olgan og'ir oyoq sinishidan besh yil o'tib yuz berdi.

Fikrlar