18 fev 15:51
Yangiliklar
Boks/MMA

Konor Makgregor: “Neyt, shoshilishga ne hojat, sen bilan albatta jang qilaman”
Aralash qoidalar bo'yicha engil vazn toifasida UFC chempioni Konor Makgregor Neyt Diasga o'zaro uchinchi jangni vada qildi.
Irlandiyalik chempion Diasni shoshilmaslikka, bu borada sabrliroq bo'lishga chaqirdi.
“Men hamisha Neytni hurmat qilganman. Bizning trilogiya albatta amalga oshadi. Bunga 100 foiz kafolat beraman. Neyt, faqat buning uchun shoshilma. Men sen bilan albatta oktagonda yuzma-yuz kelaman”, — dedi Konor.
Eslatib o'tamiz, bu ikki sportchi o'rtasidagi janglarda tomonlar bittadan g'alabaga erishishgan.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar