02 fev 18:49
Yangiliklar
Boks/MMA

Konor Makgregor: “Qafasni ichida Meyvezerga saboq berib qo'yaman”
Kecha va bugun amerikalik afsonaviy engilmas bokschi Floyd Meyvezer ijtimoiy tarmoqdagi sahifalariga sakkiz burchakli oktagonda mashg'ulot o'tkazayotgani haqidagi videoni joylashtirgani.
Bu holat ko'pchilikning etiborini tortdi. Meyvezer bu bilan MMA qoidalari asosida jang o'tkazishga tayyorgarlik ko'rayotganiga shama qildi. UFC chempioni Konor Makgregor esa Floydning bu chiqishiga munosabatini bildirdi.
“Qafas ichida men unga saboq berib qo'yaman. Agar haqiqatan ham u MMA qoidalari asosida jang qilishga rozilik bersa, mening hurmatimni yaxshigina qozongan bo'ladi.
Men
boks qoidalari asosida jang qilishimni aytgandim. Barcha guvohki, men o'z so'zimda
turdim. Endi yurish Meyvezerdan. Ko'raylikchi, u qanday qaror qabul qilarkan?”, - dedi
Makgregor.
Havola :
Fikrlar