So’nggi yangiliklar

07:46Баҳодир Жалолов IBA President's Cup турнирида иштирок этади(ми?) 0 07:09Таниқли боксчи Эдгар Берланга Флоридада ҳибсга олинди 0 23:16Россия чемпионати тўпурари Ўзбекистонга қарши ўйинда иштирок этишдан бош тортди 0 22:45"Сизни қон кутмоқда". Адесанья UFC’даги навбатдаги жанги учун шартнома имзолаганини эълон қилди 0 22:04Конор Макгрегорнинг мураббийи шогирдининг жангларга қайтиш эҳтимолини баҳолади 0 21:30АCА 209: Холмурод Нурматов ва Саидёқуб Қаҳрамонов иштирокидаги турнирнинг тўлиқ карди билан танишинг 0 20:56МЮ ҳужумчиси йил охиригача сафдан чиқди 0 20:13UFC 334 чемпионлик жангининг захира иштирокчиси эълон қилинди 0 19:32Guangzhou Open. Кудерметова ва Тимофеева жуфтликда 1/4 финалга чиқди 0 18:57Махачевнинг мураббийи Исламнинг ММАдан кетишидан олдин кимлар билан жанг қилишини кўришни исташини ошкор қилди 0 18:21Англия Лига кубоги 1/4 финал қуръаси натижалари маълум бўлди 0 17:43Фёдор Емельяненко: "Дана Уайт фаолиятимни бўғиб қўймоқчи эди" 0 17:05"Менинг камаримни олиб қўйишди". Чимаев Стрикланд билан жангдаги мағлубиятини яна тан олмади 0 16:38III Ёшлар Олимпиадасида иштирок этадиган Қозоғистон делегацияси таркиби эълон қилинди 0 15:56"Барселона" Испаниядаги йирик темир йўл ҳалокатига муносабат билдирди 0

14 sen 17:52
Yangiliklar

Boks/MMA

Konor Makgregor: "Qasos olishni istayman va bunga erishaman"

Maks Xollouey bilan jangning dastlabki soniyalarida tizzasidan jarohat olgan Konor Makgregor hakam Mark Beltran jangni to'xtatishga shoshildi, deb hisoblaydi.

Irlandiyalik buning uchun hisob-kitob qilmoqchi bo'lgan raqibini ham ayblaydi.

"Sizga shuni aytamanki, jangni to'xtatishni men so'ramaganman. Uni to'xtatishni men talab qilganim yo'q. Men sen bilan mushtlashyapman, sen esa hakamga qarab: "Hakam! Jangni to'xtat! Jangni kim to'xtatadi o'zi? To'xtatma! Jangni tugat! Sen jangni to'xtatishni so'rayapsan. Jang endigina boshlandi.

Lekin hammasi joyida. Biz o'z ishimizni bajaramiz, o'z yo'limizda davom etamiz va qasos olamiz. Men qasos olishni istayman. Bu meni harakatga keltiradi. Menda bu yo'l bor. Mening oldimda shu vazifa turibdi. Men sport tarixidagi eng buyuk qaytishni amalga oshirmoqchiman", - dedi irlandiyalik jangchi MAC Energy’ga bergan intervyusida.

Operaciyadan so'ng tiklanayotgan ikki vaznda sobiq UFC chempioni kelasi yozda Las-Vegasda o'tkaziladigan har yilgi Xalqaro janglar haftaligida amerikalikdan revansh olish niyatida ekanligini tasdiqladi.

"Men allaqachon jadvaldan o'zib ketyapman. Oyoqdagi shish pasaydi. Ikki-uch haftadan beri qo'ltiqtayoq ishlatmayman. Men bunday jarohatni taxminan o'n yil oldin olganman va zamonaviy tibbiyot taraqqiyoti hamda mashg'ulot usullarining rivojlanishi tufayli mening tiklanishim tezroq kechishi kerak. O'tgan safar men to'qqiz oyda tuzalib, musobaqalarga qaytgan edim. SHunday ekan, to'qqiz-o'n ikki oy – mutlaqo etarli muddat, – deya xulosa qildi Makgregor.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing