08 apr 17:33
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/213804_220.jpg)
Konor Makgregorga mashinani xavfli haydagani uchun oltita ayblov qo'yildi
Dublin Livening xabar qilishicha, ikki vaznda UFC sobiq chempioni Konor Makgregorga mashinani xavfli haydagani uchun oltita ayblov qo'yilgan.
Sportchiga nisbatan to'rtta band bo'yicha jinoyat ishi qo'zg'atilgan, jumladan, sug'urtasiz va haydovchilik guvohnomasisiz avtomobil boshqarish va kerakli hujjatlarni taqdim etmaslik. Bundan tashqari, avtomobilni xavfli boshqargani uchun ikkita band qo'shilgan.
Sportchi advokatining xabar qilishicha, Konor ayblov elon qilinganidan so'ng licenziyasi va sug'urtasini taqdim etgan.
Jangchi garov evaziga ozod etilgan. Sud jarayoni iyun oyida bo'lib o'tadi.
Malumot uchun, Makgregor 22 mart sanasida hibsga olingan. Uning vaqtinchalik musodara qilingan "Bentley" rusumli avtomobilining narxi 170 ming evro.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar