23 mar 15:10
Yangiliklar
Boks/MMA

Konor Makgregorning jarimasini uch barobarga qisqartirishdi
Aralash qoidalar bo'yicha engil vazn toifasida UFC chempioni irlandiyalik Konor Makgregorga qo'llanilgan moliyaviy jarima miqdori uch barobarga qisqartirildi.
Nevada shtati Sport komissiyasi qaroriga ko'ra Konor endi 75 000 AQSH dollari emas, 25 000 dollar miqdorida jarima to'laydi.
Bundan tashqari, Makgregor avval belgilanganidek 50 soat emas, 25 soatlik jamoat ishlariga mahkum etiladi.
Eslatib o'tamiz, Konor Makgregor va Neyt Dias o'tgan yilning avgust oyida o'tkazilgan matbuot anjumani chog'ida bir-birlariga shisha idish (butilka)larni uloqtirishgan edi.
Havola :
Fikrlar