23 fev 14:57
Yangiliklar
Boks/MMA

Konor Makgregorning qaytishi sentyabrga mo'ljallanmoqda
Aralash qoidalar bo'yicha engil vazn toifasida UFC chempioni Konor Makgregorning oktagonga qaytishi sentyabr oyiga rejalashtirilyapti.
Bu malumotni UFC tashkiloti prezidenti Dana Uayt ham tasdiqladi. UFC 7 aprel kuni Makgregorni o'z vaqtida chempionlik kamarini himoya qilmagani uchun unvonidan mahrum qiladi.
“Konor bu qarorimizdan xafa bo'lishi mumkin. Lekin hamma joyda qoida bor. Biz unga amal qilishimiz kerak. Makgregor Floydga qarshi boks jangidan yaxshigina pul ishlab oldi. Endi unga vaqt kerak. UFC divizioni esa uni poylab o'tirmaydi. Uning ishtirokidagi jang sentyabr oyida o'tkazilishi mumkin”, — dedi Uayt.
Havola :
Fikrlar