23 mar 09:49
Yangiliklar
Boks/MMA

"Konor UFC tarixida qoladi"
Amerikalik jangchi Stiven Tompson ikki vaznda sobiq UFC chempioni irlandiyalik Konor Makgregor haqida fikr bildirdi.
"Xamzat CHimaev va Peddi Pimblett kabi yuksalib borayotgan yigitlarga qarasangiz, ularning davrida Makgregorning atrofida bo'lganidek shov-shuv yo'qligini ko'rasiz. Konor bu o'yinni butunlay o'zgartirdi.
Aytmoqchimanki, u qilgan ishlari uchun UFC tarixiga kiradi. U chempion! Barcha davrlarning eng yuqori maosh oluvchisi, UFC tarixidagi eng zo'r jangchi. U Muhammad Ali kabi tarixda qoladi", – deya Tompsonning so'zlaridan iqtibos keltiradi Middle Easy.
Makgregorning so'nggi jangi 11 iyul UFC–264 turnirida bo'lib o'tgandi. O'shanda Konor amerikalik Dastin Porega imkoniyatni boy bergan edi. Mag'lubiyat etmaganidek, irlandiyalik oyog'ini ham sindirib olgandi.
Havola :
Manba : MMA Junkie
Fikrlar