07 iyu 15:18
Yangiliklar
Boks/MMA

Konor yana Xabibga oid fikr yozib, o'chirib tashladi
Ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni Konor Makgregor Dastin Porening Xabib Nurmagomedovga qarshi jang qilish istagi borasidagi fikriga izoh bildirdi.
Biroq birozdan so'ng yozgan xabarini yana o'chirib tashladi.
«G'alati kapitan. Menimcha, Dastining miyasi chayqalgan bo'lsa kerak, u tinchgina uxlashga yotaqolsin. U Xabibga sharmandalarcha mag'lub bo'lgandi»,-degan edi Konor.
Eslatib o'tamiz, avvalroq Dastin Xabibga qarshi revanshda ishtirok etish niyati borligini malum qilgandi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar