07 sen 13:46
Yangiliklar
Boks/MMA

Konorning murabbiyi Makregorning qachon jang o'tkazishini aytdi
Aralash qoidalar bo'yicha engil vaznda UFC chempioni Konor Makgregorning navbatdagi jangini qachon o'tkazishi ko'pchilik uchun qiziq.
Irlandiyalik chempionning murabbiyi Jon Kavana bu masalaga qisman bo'lsada oydinlik kiritdi.
“Konor o'zi uchun tatil oldi va bu yil hisobidan katta ehtimol bilan boshqa jang o'tkazmasa kerak. CHunki, tayyorgarlik uchun vaqt qolmadi hisob. Yana kim biladi, Konor istalgan vaqtda kutilmagan qarorlarni qabul qilishi mumkin.
Menga qolsa, shogirdim Neyt Dias bilan uchinchi hal qiluvchi jangni o'tkazsa yaxshi bo'lardi. Boshlangan ishni yakunlab qo'yish zarur”, - dedi Kavana.
Malumot uchun, Konor va Dias o'zaro ikki bor to'qnash kelishgan. Har ikki jangchi hisobida bittadan g'alaba bor. Uchinchi jang kim kuchli ekanligiga oydinlik kiritib berishi kerak.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar